1

O`zbekiston va Turkiya parlamentlari rahbarlari telefon orqali suhbatlashdi

Siyosat 06.05.2020, 22:12
O`zbekiston va Turkiya parlamentlari rahbarlari telefon orqali suhbatlashdi

Bugun, 6 may kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva va Turkiya Respublikasi Buyuk milliy majlisi spikeri Mustafa Shentopning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Senat axborot xizmati xabar berishicha, muloqot avvalida Mustafa Shentop o`zbekistonlik hamkasbi Tanzila Narbaevani va u orqali butun xalqimizni muborak Ramazon oyi bilan tabrikladi.

Shu bilan birga, Mustafa Shentop “Sardoba” sum omborida ro`y bergan ko`ngilsiz hodisadan jabr ko`rilgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Ikki mamlakat o`rtasidagi do`stlik rishtalari haqida so`z yuritib, Turkiya-O`zbekistonning eng yaqin do`sti hisoblanishi va yordamga tayyor ekanligini bildirdi.

Muloqot chog`ida Oliy Majlis Senati Raisi ikki davlat rahbarlari tashabbusi bilan o`zaro ishonch va do`stlikka asoslangan turli sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani va bu jarayonda parlamentlararo munosabatlar muhim ahamiyat kasb etishiga urg`u berdi. Shuningdek, O`zbekiston Turkiyani eng muhim strategik sheriklaridan hisoblashini alohida qayd etib o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1