O`zbekiston yoshlari o`z Vatani bilan faxrlanadi - “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan o`tkazilgan navbatdagi ijtimoiy so`rov shu mavzuga bag`ishlandi.
Ijtimoiy so`rov shuni ko`rsatdiki, ta`lim yosh avlodning hayotiy qadriyatlari tizimida asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Chunonchi, 2010- 2011 yillarda o`tkazilgan ijtimoiy so`rovlarda yoshlarning uchdan bir qismi oliy ma`lumotli bo`lish istagini bildirgan bo`lsa, 2013 yilda har ikkinchi (57,2 foiz), 2015 yilda esa 73 foiz yigit-qiz oliy ta`lim muassasasida o`qishni xohlashini bildirgan. Ular orasida kollej va lisey o`quvchilari, oliy o`quv yurtlari talabalari, o`rta yoki o`rta maxsus ma`lumotga ega yoshlar bor.
Ijtimoiy tadqiqotga ko`ra, 80 foizdan ziyod o`g`il-qiz sport turlari bilan muntazam shug`ullanib kelmoqda.
Shunisi e`tiborga loyiqki, ijtimoiy so`rovda yoshlar ongi sezilarli darajada o`sgani aniqlandi. Bu yoshlarimiz dunyoqarashining kengayib borayotgani, ularda vatanparvarlik, o`z Vatani bilan faxrlanish va unga sodiqlik tuyg`usi rivojlanayotganidan dalolat beradi.





