1

Marg`ilon shahardagi ombordan 116 qop “Ammofos” va 72 litr kimyoviy vositalar o`g`irlab ketildi

Jinoyat 07.05.2020, 16:41
Marg`ilon shahardagi ombordan 116 qop “Ammofos”  va 72 litr  kimyoviy vositalar o`g`irlab ketildi

3 may kuni Marg`ilon shahardagi mas`uliyati cheklangan jamiyat omborida saqlanayotgan narxi 34.800.000 so`mlik 116 qop “Ammofos” mineral o`g`iti va narxi 21.600.000 so`mlik 72 litr  kimyoviy vositalarni o`g`irlab ketilgan. Bu haqda jamiyat rahbari D.A. ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

 Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidanJinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o`g`irlik)bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga kirishilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni M.A., Q.I. va A.F.lar sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Qonunchilikka asosan yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1