Amerikaning Tennesi shtatidagi Merivill shahridan 5 mingdan ortiq kishi evakuasiya qilindi. Bunga zaharli moddalar ortilgan poezd relsdan chiqib yonib ketgani sabab bo`ldi.
RIA Novostining xabar berishicha, evakuasiya radiusi 3 kilometrni tashkil qiladi.
Voqea joyidan 7 nafar polisiyachi zaharli moddalardan zaharlanish oqibatida kasalxonaga tushgan.
Poezd Ogayo shtatidan Jorjiya shtatiga yo`l olgan. Ma`lumotlarga ko`ra, poezd akrilonitril yonuvchi modasini olib o`tayotgan bo`lgan. Ushbu modda shilliq qavvatni yallig`lab, bosh og`rig`iga sabab bo`ladi, buyrakka zarar etkazib, o`limga olib kelish mumkin.