1

Nukusga Toshkentdan qiruvchi samolyot keltirildi (Video)

Jamiyat 09.05.2020, 13:44
Teglar: Video
Nukusga Toshkentdan qiruvchi samolyot keltirildi (Video)

Oldin xabar berganimizdek, o`sib kelayotgan yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizm ustidan qozonilgan buyuk g`alaba uchun mardlarcha kurashgan yurtdoshlarimizning nomini abadiylashtirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahridagi “Motamsaro ona” haykali joylashgan Xotira xiyobonining orqa tomonida Jasorat bog`i barpo etilishi boshlangan. Bu haqda Darakchi.uz ga Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida yurtimizda joriy etilgan karantin sabab ayni bog`da qurilish-montaj ishlari vaqtincha to`xtatilgan edi. 

Ayni vaqtga qadar bog`da jami 8 dona texnika: T-64 tanki, piyodalar jangovar mashinalari, zirhli transportyorlar hamda artilleriya va zenit qurilmalari o`rnatilgan. Kecha, 7 may kuni bog` eksponatlaridan o`rin olgan bir dona Su-17 qiruvchi samolyoti Toshkent shahridan keltirilgan.

Karantin qoidalarining yumshatilishi hamda bunyodkorlik ishlarini ijtimoiy masofa va shaxsiy gigiena talablariga rioya etgan holda amalga oshirishga berilgan ruxsatdan keyin bog`da qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda. Shimoli-g`arbiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari ham ushbu ishlarda faol ishtirok etyapti.

Ta`kidlash joizki, Jasorat bog`i “Motamsaro ona” haykali joylashgan maydonning orqa tomonida ilgari tashlandiq hududning deyarli 100 sotix maydonida bunyod etilyapti. Bog`ni yaratish konsepsiyasiga asosan u erdagi 153 kvadrat metr maydonida Ikkinchi jahon urushi yillari qoraqalpoq xalqi va qoraqalpog`istonliklarning matonati, g`alabaga qo`shgan hissasi aks etgan bir qavatli xotira muzeyi, pnevmatik miltiqdan o`q otish tiri, harbiy alpinizmni rivojlantirish maqsadida skalodrom, harbiy ob`ektlarni qo`riqlashda foydalaniladigan soqchilarning kuzatuv minorasi, janggohlarni aks ettiradigan okop, blindaj va erto`lalar hamda jangovar texnikalar o`rin oladi. Urush yillarida yurtdoshlarimizning qahramonliklarini aks ettirish uchun Mudofaa vazirligi muzey fondiga yaqindan ko`mak berib, hozirda jamlanayotgan eksponatlar hamda harbiy texnikalarni taqdim etishi belgilangan. Muzey fondi boshqa manbalardan ham to`ldirib boriladi. 

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1