1

Qozog`istonlik diplomatning xotini muntazam zo`ravonlikka uchrayotgani haqida xabar berdi

Dunyo 07.05.2024, 16:32
Qozog`istonlik diplomatning xotini muntazam zo`ravonlikka uchrayotgani haqida xabar berdi

Qozog`istonlik diplomatning rafiqasi eri tomonidan muntazam zo`ravonlikka uchrayotganini ma`lum qildi. Bu haqda “Nemolchi” xabar berdi. 

Matnda ta`kidlanganidek, Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixona maslahatchisi Saken Mamash o`z xotinini muntazam kaltaklab kelgan va 5 may kuni xotinining singlisiga nisbatan ham kuch ishlatgan. 

«Men Mamash Karina Gosmanovna, BAAdagi elchixona maslahatchisi Mamash Sakenning rafiqasiman. Men 10 yildan beri zo`ravonlikka duchor bo`layotganimni ma`lum qilaman. Erimning diplomat maqomidan mahrum etilishini va menga nisbatan qilgan barcha harakatlari uchun qamoqqa tashlanishini istayman. Men jismoniy, jinsiy, hissiy, iqtisodiy, maishiy, oilaviy zo`ravonlikka uchraganman», deyiladi ayol bayonotda. 

Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligi BAAdagi elchixona maslahatchisi Saken Mamash zudlik bilan chaqirib olinishini ma`lum qildi. 

«Biz bu xodimni zudlik bilan Qozog`istonga chaqirib olyapmiz. Keyinchalik uning ishi huquq-tartibot idoralari tomonidan ko`rib chiqiladi», deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1