Mashhur “Zita va Gita” filmida bosh rolni o`ynagan hind aktrisasi Xema Malini 2 iyul kuni Hindiston shimoli-g`arbidagi Rojaston shtatida avtohalokatga uchradi.
Aktrisaga tegishli Mercedes rusumli avtomobil engil mashina bilan to`qnashib ketdi. Halokat oqibatida bir bola vafot etdi, ikkinchi avtomobildagi yana to`rt kishi jabrlandi.
Malini Jaypur shahridagi eng yirik Fortis xususiy klinikasiga yuborildi. Kasalxona ma`muriyati voqeani sharhlashdan bosh tortmoqda, ammo aktrisaning hayotiga hech narsa xavf solmyotganini aytishmoqda. Hindiston matbuoti o`z navbatida uning boshi yorilganligini yozmoqda.
Malinining mashinasi uning haydovchisi boshqaruvida bo`lgan.