Xonanda Lola Yo`ldoshevaga "O`zbeknavo" estrada birlashmasi tomonidan berilgan lisenziya 14 iyuldan e`tiboran to`xtatildi, bu haqda muxbirimiz Qamariddin Shayxov xabar beradi.
Birlashma xonanda tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar buzilganligi sababli, xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 22-24 moddalari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015 yil 14 iyuldan tugatilganligini ma`lum qiladi.
Yo`ldosheva ayni damda safarga jo`nab ketgan. Voqealar rivojini "DARAKChI"da kuzatib boring!





