Andijonda fermerdan 10 000 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan “kadastr” xodimi ushlandi

Jinoyat 12.05.2020, 17:18
Andijonda fermerdan 10 000 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan “kadastr” xodimi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasiga Xo`jaobod tumanida faoliyat yurituvchi “D-A.” fermer xo`jaligi rahbari U.R. murojaat qilib, tuman“Er-mulk kadastri davlat korxonasi” mutaxassisi J.I. fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan 10 gektar er maydonini uningturmush o`rtog`i D.A.ning nomiga bog`dorchilik yo`nalishida faoliyat yuritish uchun qarorichiqartirib berish evaziga15.04.2020 yilda 1 000 AQSh dollari olib, yana 9000 AQShdollari talab qilayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar qilmoqda

Departament hamda DXX xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Xo`jaobod tuman “Er-mulk kadastridavlat korxonasi” mutaxassisi J.I. fermer xo`jaligi dala shiyponida murojaat muallifi U.R.dan talab qilgan 9000 AQSh dollaridan 7800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilbilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman J.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1