Bugungi kunda «Darakchi» gazetasi o`z yo`nalishi, uslubi, o`quvchilariga ega bo`lgan ilg`or nashrlarimiz qatorida turadi. Ayni paytda ijodkorlar gazetaning yanada o`qishli, qiziqarli va rang-barang chiqishi uchun tinimsiz harakat qilishmoqda. Bunda muxlislar bilan muloqot qilish muhim o`rin tutadi.
14 iyul kuni “Darakchi” gazetasi ijodkorlari Toshkent shahridagi “Chinobod” sanatoriysida bo`lib, u erda dam olayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashishdi. “Keksalarni e`zozlash yili” munosabti bilan o`tkazilgan bu tadbirda asosiy e`tibor onaxonlar va otaxonlarimizga qaratildi. Tahririyat xodimlari ishtirokchilarga gazetani tayyorlash jarayoni, uning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma`lumot berishdi.
Ishtirokchilar ham o`z navbatida gazeta haqidagi fikr mulohazalarini bildirishdi. Tahririyat xodimlari va muxlislar o`rtasida turli interaktiv o`yinlar, viktorina musobaqalari o`tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga “Darakchi” va “So`g`diyona” gazetalarining yangi sonlari va esdalik sovg`alari tarqatildi.
Ushbu uchrashuvga Firdavs Pazliddinov, Sherbek Shodiev singari xonandalar o`z kuy-qo`shiqlari bilan ayricha fayz bag`ishladilar.








