AsosiyJamiyat

O`zbek san`ati Germaniya sahnalarini zabt etdi

Iyul oyining ilk o`n kunligida Germaniyada turli madaniy tadbirlar bo`lib o`tdi, unga o`zbekistonlik san`atkorlar ham ishtirok etishdi, deya xabar beradi “O`zbeknavo” estrada birlashmasi.

Jumladan “Nihol” mukofoti laureati, xalqaro tanlovlar g`olibi Ilyos Arabov ijrosidagi mumtoz ashulalar hamda “E`tirof - 2014” tanlovi g`olibi, yosh iste`dodli raqqosa Shodiyora Omonovaning raqslaridan olmon tomoshabinlari va boshqa  san`at ixlosmandlari hayratu zavqqa to`lishdi.

Chinakam san`at til tanlamaydi, degan gap naqadar hayotiy ekanligiga Germaniyadagi konsertlar davomida yana bir bor iqror bo`ldim. Xorijiy tinglovchilar mumtoz merosimiz durdonalarini maroq bilan eshitganlari ko`nglimni iftixorga to`ldirdi. Ayniqsa, maqomlarimiz va “Mustahzod”, “Samarqand ushshog`i”, “Bozurgoniy”, “Sallamno”, mavrigi, lazgi kabi ashula va qo`shiqlarimiz ularga behad manzur keldi. Shodiyoraxonning “Doira raqsi”ni hayrat bilan tomosha qilib, tanbur, nay navolariga mahliyo bo`ldilar, deydi Ilyos Arabov.

Bu kabi tadbirlar O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan madaniy ko`prik vazifasini o`taydi.   

 

    Boshqa yangiliklar