Respublikamizning barcha masjidlarida mo`min-musulmonlarni ramazon hayiti namozi o`qishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi, hayit namozi vaqtlari belgilandi.
O`zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy saytida xabar berilishicha, Toshkent shahridagi barcha masjidlarda hayit namozi 2015 yil 18 iyul, shanba kuni tonggi soat 05:20 da o`qiladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda taqvimdagi tafovutlar farqi bilan viloyatdagi masjidlar tomonidan e`lon qilinadi.
Shuningdek, Ramazon hayiti namozi yilda bir marotaba o`qilishini inobatga olib, quyidagi link orqali ushbu namozni qanday ado etishni namoyish qilamiz.