my5
all

Navoiyda maktab direktori pora evaziga ish taklif qilib, o`zi ishsiz qoldi

Jinoyat 13.05.2020, 14:43
1138
Navoiyda maktab direktori pora evaziga ish taklif qilib, o`zi ishsiz qoldi

Xatirchi tumani “Yangi qurilish” mahallasida istiqomat qilib, tumandagi maktablarning birida o`qituvchi sifatida faoliyat yurituvchi 1963 y.t A.K. Xatirchi tumani IIBga ariza orqali tumandagi maktablarning birida direktor lavozimida ishlovchi O.U. xizmat mavqeidan foydalanib, A.K.ning turmush o`rtog`i A.F.ni o`zi faoliyat olib borayotgan maktabda kadr-menejment vazifasiga ishga joylashtirishni va`da bergan. Evaziga undan 1200000 so`m pul mablag`ini talab qilayotganligini bildirgan.

 Ariza yuzasidan Navoiy viloyati IIB JQB, Departamentning tuman bo`limi hamda DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tadbir davomida, O.U. o`zining ishxonasida, haqiqatan, A.K.dan 1200000 so`m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan O.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Jamiyatdagi poraxo`rlik ta`sis etilgan qonun-qoidalar buzilishining bosh omilidir. Pora barcha dinlarda ta`qiqlangan, barcha mamlakatlarda jinoyat hisoblanadi. Taassufki, ko`zini hirs pardasi qoplagan, ustoz deya atalmish ulug` nomga nomunosib ayrim soha vakillari borki, xalq haqiga xiyonat qilish – ma`naviy halokat ekanligini anglab etmaydilar. Adolat mezonini buzgan har qanday shaxslarning javobgarlikka tortilishi esa ayni haqiqat.

Шарҳлар