20 iyul kuni oliy o`quv yurtlari qabul komissiyalari o`z ishini yakunladi.
Oliy ta`lim muassasalari 605 836 nafar abiturientdan hujjat qabul qilishdi. Ushbu raqam bilan abiturientlardan hujjat qabul qilish rekordi yana yangilandi. Shu tariqa, bir o`rin uchun tanlov 10,45 kishini tashkil etdi. 2014 yili abiturientlar soni 543 ming nafar etib qayd etilgan edi.
Eslatib o`tamiz, bu yil bakalavr yo`nalishiga ajratilgan kvotalar soni 57 907 tashkil qiladi.
Test sinovlari 1 avgust kuni bo`lib o`tadi.





