AsosiyJamiyat

Hamma sayohatga: arzon narx va maroqli hordiq

Yoz kelishi bilan barchamiz yozgi ta`tilni qaerda o`tkazsam ekan, deya bosh qotiramiz. Barchamiz u yoki bu dam olish maskanlariga oila a`zolarimiz bilan birgalikda chiqishni istaymiz. Biroq tanlovimiz dunyoning boshqa bir burchagidagi dam olish go`shalarida to`xtalganda, biroz cho`ntagimizning “vazni”  haqida o`ylab qolamiz. Mehmonxonani tanlay desak, kishi boshiga otni kallasiday pul ketadi. Xo`sh, bunday hollarda qanday yo`l tutsa bo`ladi. Bugungi sahifadagi tavsiya ham aynan mana shu mavzuda bosh qotirayotgan yurtdoshlariimzga asqotadi. Bugun biz dunyoning eng mashhur dam olish maskanlari, u erda yashash imkoniyatlari haqida so`z yuritmoqchimiz. Tavsiyalarimiz bugun mana shu o`y hayollarda yurgan yurtdoshlarimizga as qotadi degan umiddamiz.

Yashash uchun qaerni tanlagan ma`qul?

Yuqorida aytib o`tganimizday sayohatga oila a`zolari bilan otlanganlar uchun mehmonxona qimmatga tushadi. Bu borada sizga ushbu mamlakatd ijaraga topshiriladigan kottej yoki xonadonlar ayni muddao bo`ladi. Ularni ijaraga olar ekansiz, o`zingizni go`yo uydagiday his etishingiz mumkin. Ta`til o`tkazishning bu turi kundan-kunga ommalashib bormoqda.

Afzalligi nimada?

Birinchidan, bu turar-joylarning narxi mehmonxonalarnikdan sezilari darajada farq qiladi. .

Ikkinchidan, mehmonxonaga qaraganda, o`zingiz  tanlagan uyda ovqatlanish ham ancha arzonga tushadi. Buning ustiga siz o`zingiz istagan va ma`qul ko`rgan taomni tayyorlashingiz mumkin bo`ladi, siz mehmonxonaning umumiy oshxonasiga bog`lanib qolmaysiz. Ayrim sayyohlarni bu cho`chitishi mumkin. Ijarada dam olayotgan sayoh o`zi eydigan ovqatini mustaqil tanlashi, istasa uyda, qahvaxonada yoki restoranda ovqatlanishi mumkin bo`ladi. Agar pulingizni tejamoqchi bo`lsangiz o`zingiz pishirgan ovqat yanada arzonga tushadi.

Uchinchidan, ijaraga olingan uy oilangiz va bolalaringiz uchun juda qulay. O`yin va dam olish uchun juda keng imkoniyat mavjud! Buning ustiga toza-havoda, ochiq osmon ostida  dam olishga nima etsin?  

To`rtinchidan, o`z uyingizda o`zingizga xo`jayinsiz – kuningiz qachon boshlanib, qachon tugashini o`zingiz hal qilasiz.

Beshinchidan, ijaraga olingan uyda o`zingizni nafaqat o`sha mamlakatga tashrif buyurgan mehmonday his etasiz, balki dam olgani kelgan hudud fuqarosiday  his etish uchun ham imkon bo`ladi. Mamlakatga xos bo`lgan haqiqiy  muhitni his etish bu sayohatingizning yanada sermazmun bo`lishiga yordam beradi.

Ushbu qulayliklar sayohat va ta`til haqidagi hotiralaringizni yanada yaxshiroq yodda qolishi uchun maqbul bo`ladi.

Bugun aksariyat horijiy davlatlarda uylarni ijaraga berish odat  tusiga kiryapti, sababi sayyohlar bu yo`l bilan qanchalik mablag`ni tejashni tushunib etishmoqda.

Qaerdan topsa bo`ladi?

Bizning global axborot texnologiyalar rivojlangan davrimizda uyni ijaraga olish masalasini o`z uyingizda  turib, amalga oshirishingiz mumkin. Va buning uchun sizdan bor yo`g`i bir necha daqiqa talab etiladi xolos. Biroq internet bo`lmagan vaqtlarda odamlar oilaviy dam olishga borganda qaerda to`xtashlari va hatto uy ijaraga olish mumkinligini ham bilishmagan. U davrlarda ular mehmonxonalarda qolish uchun katta pul to`lashga majbur bo`lishgan.

Hayotning o`zgargani juda yaxshi bo`ldi. Bunday imkoniyatni taqdim etadigan datscha-booking.com sayti sizga bu borada ko`makchi bo`lishi mumkin. Ushbu maqolani tayyorlash va o`rganish chog`ida mazkur sayt yordamida butun dunyoning istalgan mamlakatidan bir necha daqiqada masofadan turib, o`zingiz uchun ijaraga uy buyurtma qilish va tanlash mumkinligini bilib oldik. Bu bor yo`g`i bir nechta klikni tashki qiladi. Bir nechta tugmani bosib, Ispaniya sohillari yoki Kiprdan o`zingiz ko`rib, tanishib villani ijaraga olishingiz mumkin. Bugungi kunda ushbu portalda 600 mingdan ortiq takliflar mavjud. Uylarni bronlash onlayn amalga oshiriladi.

Quyida kottej, villa va yoki appartamentlarni buyurtma qilayotganda adashib qolmaslik uchun biz sizga sayyohlik joylari hususida ma`lumotlar taqdim etamiz.

TOP-10: DUNYoNING ENG ZO`R DAM OLISh JOYLARI

Bugun aksariyat sayyohlar ushbu kurort hududlari haqida eshitishgan, ammo hamma ular haqida atroflicha ma`lumotga ega emas. Bugun ushbu maqolamiz orqali dunyoning turli erlaridagi mashhur dam olish maskanlari  haqida ma`lumot berishga harakat qilamiz.

Gavay orollari

Ular 32 ta, ammo asosiylari – Katta Gavay oroli, Oaxu, Maui, Molokai, Kauai va Lanai orollaridir. Ular bir-biridan farq qiladi. Ular antiqa va yumshoq iqlimga ega. Gavayyada yozda o`rtacha +21°, qishda +27° harorat bo`ladi. Ushbu ajoyib ekzotik orxideyalardan tashkil topgan, tropik o`rmonlar, palma va orollarni o`zi ichiga olgan orollar hech kimni befarq qoldirmaydi. Ekzotik gullar, maftunkor ifor, qushlar, ajoyib dengiz faqat uning ko`rkiga yanada ko`rk qo`shadi. Gavayida dekabrdan fevralgacha yoki iyundan oktyabrgacha dam olish maqsadga muvofiq. Agar sayohat arzonga tushsin desangiz u erga apreldan dekabrgacha borish lozim.

Ijara narxi qancha?

Gavayyada villani ijaraga olish narxi bir kecha kunduz uchun  210 u.e atrofida. Bu xonalarning soni, va qulayligi bog`liq. Unda Kapaadagi, Kixei va Gonolulu oldidagi oddiy xonadondan tortib Kaunkakaydagi hashamatli uylargacha ijaraga olish imkoniyati mavjud, bu yog`i hamyoningizga bog`liq. Mehmonxonada tunayman, desangiz, bu raqam bir necha baravar ortishi mumkin.

Seyshel orollari

Seyshel orollari  Hind okeaning go`zal go`shalaridan  sanaladi. Ajoyib plyajlar, boy suvosti dunyosi, baliq ovi, ko`ngilochar va dunyoqarashni boyitish  uchun xizmat qiladigan sayohatlar. Seyshellar – bu Lemuriya qit`asining butun qolgan qismi, uning tarkibigi 115 ta granit va marjon orollaridir. Seyshel orollarining noyob tabiati har yili minglab sayyohlarni o`ziga jalb etadi. Seyshellarga sayohatni vaqtni qanday o`tkazishingizga qarab rejalashtiring. Agar shunchaki yozni maroqli o`tkazish uchun bormoqchi bo`lsangiz sayohatga qishning o`rtalarida yoki yoz ohirlarida otlaning.

Seyshel orollari dunyodagi eng nufuzli dam olish joylaridan biri sanaladi. Seyshel orollari  dunyoning eng romantik joylaridan sanaladi. Buning ustiga orollar o`zining noodatiy go`zalligi va boy  tarixi bilan mashhur. Qachonlardir orol qaroqchilar makoni bo`lgan. Seyshel orollari aynan ular tomonidan kashf etilgan.

Ijara narxi qancha?

Seyshelda villa narxi sutkasiga o`rtacha  177 u.e atrofida.

Kanar orollari

O`rmonlar, ekzotik hayvonot va nabototi, cho`llar, tog`lar, vulqonlarni siz Kanar orollaridan topishingiz mumkin. Kanar orollari eng nufuzli va mashhur dam olish hududlaridan biridir, bu erda  dam olish narxi juda yuqori va juda past qiymatlar orasida farqlanadi. Kanar orollarida dam olishning afzalliklari — sayyohlik infratuzilmasining yuqori darajasi, tabiatning go`zalligi, mehmonxona va kurort hududlarining rang-barangligidadir.

 Ijara narxi qancha?

Bu erda ijaraga oladigan joylarning turi juda ko`p: Puntagorda, Adexe, La-Gvanchadagi oddiy xonalardan tortib, Kinta Sokadagi muhtasham uylargacha o`zingizga ma`qulini ijraga olishingiz mumkin. Kanarda ijaraga turishning o`rtacha naxlari 75 u.e. tashkil qiladi.

Ibisa, Ispaniya

Ibisa –Ispaniyaning O`rtaer dengizi hududidagi  orolidir, u Balear arxipelagi tarkibiga kiradi, Ispaniyaning qit`adagi qismidan  90 km uzoqda joylashgan. Orol juda rang-barang, ammo uncha  katta emas, shu sababli bir necha kundan dam olgandan keyin siz o`zingizni uydagiday his etasiz.

Ijara narxi qancha?

Bu erda ijaraga turishning o`rtacha naxlari 252 u.e. tashkil qiladi.

Goa, Hindiston

Goa — mamlakatning asosiy kurorti bo`lib, u Hindistonning boshqa hududlariga  o`xshamaydi. Dengiz sohili 110 km cho`zilgan, va u 40 ta go`zal plyajdan tashkil topgan. Shtat Shimoliy va Janubiy qismlarga bo`linadi Aguada forti ular orasidagi chegara bo`lib, xizmat qiladi. Mehmonxona va pansionlar Janubiy Goada joylashgan va ular ancha qimmat. U erda asosan  boy evropaliklar hordiq chiqarishadi. Shimoliy Goa buning mutlaqo aksi, u qadar qimmat emas,  sershovqin va hamyonbop.

Ijara narxi qancha?

Bu erda turar joyni ijaraga olish o`rtacha 70 u.e. atrofida.

Bali, Indoneziya

Bali — eng mashhur va eng rivojlangan kurortlardan biridir. U sayyohlarni o`zining go`zal landshafti, tropik o`rmonlari, Kintamini, Gunung-Batur va Gunung-Agung vulqonlari, qadimiy ibodatxonalari va plajlari bilan jalb qiladi... Orol u qadar katta emasligiga qaramay, landshafti rang-barangligi bilan ajralib turadi. Agar tirik vulqonni ko`rishga qiziqsangiz bu sizbop joy. Unutilmas taassurotlar kafolatlanadi!

Ijara narxi qancha?

Bu erda turar joyni ijaraga olish o`rtacha 200 u.e. atrofida.

Maldiv orollari

Maldiv orollari Hind okeani marvaridi deya nom olgan.  Bu haqiqiy tropik jannat bo`lib, u doimiy yoz va beg`am hayot demakdir. Palmalarga burkangan, moviy dengiz, go`zal marjonday qizil suv ostidagi qoyalar hamda ekzotik dengiz jonivorlari… Hammasi xuddi ming yil avvalgidek: bularning barchasi Maldivga kelgan sayohatchilarni maftun qiladi. Maldivga borib okean tubiga sho`ng`ib, go`zallikdan bahra olmaslikning iloji yo`q! Suv shu qadar shaffofligidan suzishni bilmagan odam ham uning ostdagi barcha narsani ko`ra oladi.

Ijara narxi qancha?

Bu erda turar joyni ijaraga olish o`rtacha 100 u.e. atrofida baholanadi.

Pattayya, Tayland

Pattayya —Taylanddagi eng mashhur kurort. Mazkur kurort shahar dam oluvchilarning barcha istaklarini inobatga oladi. Sohil bo`ylab qator  plyajlar joy olgan, suv bu erda u qadar ham shaffof emas. Pattayyada juda ko`p zamonaviy mehmonxona majmualari mavjud. Pattayya — oilaviy dam olish uchun qulay joy sanaladi.

Ijara narxi qancha?

Bu erda turar joyni ijaraga olish o`rtacha 80 u.e. atrofida.

Turkiya

Turkiya sayyohlarni o`zining mehmondo`stligi bilan jalb qiladi. Turkiya sohllarini  to`rt dengiz suvi yuvib turadi: Qora, O`rtaer, Egey va Marmar dengizlari. Asosiy kurort shaharlari –Qushadasi-Oydin, Antaliya, Alaniya, Kemer, Bodrum, Marmaris va boshqalar. Bu erda turar joy narxlari u qadar qimmat emas, albatta o`zingizga ma`qulini topasiz. Hammasi sayohatga qancha pul sarflashga tayyorligingizga bog`liq. Bu erdan kichkina qulay basseynli uylar ham topish mumkin.

Turkiya xaridni sevuvchilar uchun juda ajoyib maskan. Albatta bozorlariga tashrif buyuring. Xususan, Istanbuldagi Laleli  bozori hamyonbop xaridlar uchun juda qulay.

Ijara narxi qancha?

Bu erda turar joyni ijaraga olish o`rtacha 40 u.e. atrofida.

 

    Boshqa yangiliklar