O`zbekiston hukumati Termiz shahrining 2035 yilgacha bo`lgan bosh rejasini tasdiqladi, bu haqda UzDaily nashri xabar bermoqda.
Unda Termizning markaziy qismini rekonstruksiya qilish, ekologik jihatdan zararli korxonalarni shahar tashqarisiga chiqarish, hududlar va transport yo`llarini kompleks obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish, shuningdek barcha zarur muhandislik kommunikasiyalari bilan ta`minlangan yangi turar-joy massivlarini qurish ko`zda tutilgan.
Rejaga ko`ra, shahar hududi 2014 yildagi 2,78 mingdan 2035 yilda 4,341 ming gektargacha kengayadi. Aholi soni 136,3 mingdan 195 ming nafargacha oshadi.
Termiz shahri tarkibiga Pattakkesar posyolkasi to`liq, Manguzar, Chegara, Namuna, Paxtakor, Guliston, Tinchlik posyolkalari qisman kiritilishi ko`zda tutilgan. Shaharga Termiz tumanidan 432,15 gektar hudud qo`shib olinadi.