Tarixda birinchi bor Xalqaro olimpiya qo`mitasi sessiyasi onlayn tarzda o`tadi

Sport 17.05.2020, 17:20
Tarixda birinchi bor Xalqaro olimpiya qo`mitasi sessiyasi onlayn tarzda o`tadi

Xalqaro Olimpiya qo`mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Baxning so`zlariga ko`ra tashkilotning 136-Sessiyasi koronavirus pandemisi sabab onlayn o`tkaziladigan bo`ldi. Bu haqda Milliy olimiya qo`mitasi xabar qildi.

Mazkur qaror XOQ Ijroiya qo`mitasi tomonidan qabul qilingan. Rejaga muvofiq, 136-Sessiya 17 iyul kuni o`tkazilishi kelishib olindi. Konferensiya xavfsiz elektron tizim orqali olib boriladi va uning faoliyati jonli efirda namoyish qilinadi.

XOQ Ijroiya qo`mitasi, shuningdek, tashkilotning atletlar komissiyasiga bo`lib o`tadigan saylovni kelgusi yil iyul oyiga qoldirdi. Biroq komissiya a`zolarining faoliyati belgilanganidek joriy yil yakuniga etadi. Umumiy hisobda komissiyaning yangi a`zoligiga 30 nomzod 4 ta bo`sh joy uchun kurash olib boradilar. Avvalroq, XOQ atletlar komissiya a`zoligiga saylov joriy yilning avgust oyida o`tishi belgilangan edi. Eslatib o`tamiz, mazkur komissiya a`zolari bir vaqtning o`zida XOQ Ijroiya qo`mitasi tarkibiga ham kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1