Aholining sifatli ichimlik suvidan foydalanish darajasini oshirish va aholi punktlarining sanitariya holatini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida joriy yilning o`tgan davrida xalqaro moliya institutlarining 48,6 million dollarga teng mablag`i va Davlat byudjetidan 191,2 milliard so`m o`zlashtirildi.
Mamlakatimizda jami 1033,4 kilometr, jumladan, qishloq joylarda 864 kilometr suv quvurlari tarmog`i foydalanishga topshirildi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasini 2015 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to`g`risidagi hisobotda ma`lum qilindi.





