Oliy o`quv yurtlariga kirish imtihonlari o`tkazilishi munosabati bilan yo`lovchilar oqimining oshishi munosabati bilan 1 avgust kuni Toshkent metrosining «Yunusobod» yo`li ertalab soat 5:00 dan ish boshlaydi. Bu haqda Uz24 nashri xabar bermoqda.
Metroning «Chilonzor»va «O`zbekiston» yo`llari odatdagidek ertalabki soat 5:00 dan boshlab ishlaydi. Poezdlarning eng tig`iz oralig`i ertalab soat 6:00 dan keyin 2,5—3 daqiqani tashkil etadi.





