AsosiyJamiyat

“O`zavtosanoat” OAV xodimlaridan kompaniya haqidagi ma`lumotlarning to`g`riligini tekshirishni so`radi

Kompaniya rasmiy saytida yozilishicha, oxirgi paytlarda internet tarmoqlarida ba`zi bir mahalliy OAVlari tomonidan, professional jurnalistika etikasini buzgan holda, “O`zavtosanoat” AK tizimidagi korxonalar faoliyati va ularda bo`lib o`tayotgan voqealar, ayniqsa, “General Motors O‘zbekiston” AJ to`g`risida mavjud bo`lmagan manbalardan dalillar keltirgan holda, noto`g`ri ma`lumotlar tarqatish holatlari kuzatilmoqda.

Mazkur ommaviy axborot vositalari ushbu harakatlari bilan “O`zavtosanoat” AK va tizimdagi korxonalarning nafaqat imijiga zarar keltirmoqda, balki noma`lum shaxslarning vijdonsiz manfaatlari foydasiga iste`molchilarni chalg`itmoqdalar.

OAVlarda noto`g`ri ma`lumotlar tarqatilishining oldini olish va iste`molchilarni, bunday ma`lumotlarni tarqatayotgan noma`lum shaxslarning vijdonsiz hamda noqonuniy harakatlaridan himoyalash maqsadida, kompaniya barcha axborot saytlaridan, gazetalar va boshqa OAVlaridan, “O`zavtosanoat” AK va kompaniya tizimidagi korxonalar faoliyati to`g`risidagi har qanday ma`lumotlarni bosib chiqarayotganda yoki boshqa saytlardan ko`chirib olib qayta nashr qilayotganda, “O`zavtosanoat” AKning axborot xizmati bilan maslahatlashgan holda ma`lumotlarning to`g`riligini diqqat bilan tekshirilishini so`radi.

“O`zavtosanoat” AK va tarmoq korxonalari faoliyati to`g`risidagi barcha aniq va to`g`ri ma`lumotlarni “O`zavtosanoat” AKning axborot xizmati yoki www.uzavtosanoat.uz rasmiy sayti va www.chevrolet.uz  orqali olishi mumkinligini ma`lum qildi.
“O`zavtosanoat” AK va tizimdagi korxonalar mahalliy OAVlar uchun har doim ochiq va o`zaro manfaatli hamkorlik qilishga tayyor ekanligini izhor qildi. 
 

    Boshqa yangiliklar