"Davr" informasion dasturi to`xtatildimi?

Madaniyat 19.05.2020, 19:35
"Davr" informasion dasturi to`xtatildimi?

Karantin sababli MTRK tarkibidagi “Yoshlar” teleradiokanalining "Davr" hamda "Toshkent" teleradiokanalining “Toshkent 24” informasion dasturlari faoliyati to`xtatilgani, hozirda ushbu dasturlar o`rnida “O`zbekiston 24” telekanali ko`rsatuvlari efirga uzatilayotgani haqida "Hudud24" sayti xabar tarqatdi.

Aniqlik kiritish uchun human.uz sayti “Davr” tahririyati bilan bog`langanda, tahririyat xodimi bu xabarni tasdiqlagan. 

"Haqiqatdan ham “Davr” va “Toshkent24” informasion dasturlari efir vaqtida “Axborot” yangiliklar dasturi efirga uzatilmoqda", degan xodim.

Ma`lumot uchun, “Davr” informasion dasturi 20 yildan beri namoyish etib kelinayotgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1