Joriy yil 21 avgust kuni poytaxtimizdagi “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasining yozgi maydonida “Ozod yurt to`lqinlari” VIII an`anaviy media-festivali bo`lib o`tadi.
Mazkur tadbir O`zbekistondagi nodavlat teleradio eshittirishlarni qo`llab-quvvatlash va uni rivojlantirish, televizion va radiodasturlarni tayyorlashda jurnalistlar faoliyatini faollashtirishga yo`naltirilgan.
Media-festival g`oliblari uchta naminasiya bo`yicha “onlayn” ovoz berish yo`li bilan aniqlanadi:
“Eng yaxshi media loyiha”,
“ Eng yaxshi telestansiya”,
“Eng yaxshi radiostansiya”
“O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to`rt yilligiga bag`ishlangan eng yaxshi dastur”.
Ushbu tadbir kasbiy faoliyatning turli yo`nalishlaridagi eng yaxshi mutaxassislarni kashf qilishga da`vat etilgan.
Tadbir davomida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha Parlament komissiyasi a`zolari tomonidan davlat grantlari sohiblari e`lon qilinadi.
Shuningdek, anjumanda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mening yurtim–mening faxrim!” deb nomlangan musiqiy televizion tanlovining ikkinchi bosqichi g`oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o`tkaziladi.





