1

Prezident: Statistik raqamlar bilan shu paytgacha xalqimiz manfaat ko`rmadi

Siyosat 22.05.2020, 13:41
Prezident: Statistik raqamlar bilan shu paytgacha xalqimiz manfaat ko`rmadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokida yig`ilish o`tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari so`zining boshida barchani Ramazon hayiti munosabati bilan muborakbod etdi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, kambag`allikni qisqartirish, ish o`rinlari tashkil etish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Andijon viloyatida 40 mingdan ziyod muhtoj oilalar borligi, sanoat loyihalari, qishloq xo`jaligi va tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, o`zini o`zi band qilish hisobiga ularga daromad manbai yaratish zarurligi ta`kidlandi.

- Bosh vazir o`rinbosarlari, hokimlar va sektor rahbarlari har bir kambag`al oila muammolarini aniq bilishi, ular bilan manzilli ishlashi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Endi har bir sektorda «Kambag`allikni qisqartirish shtabi» tashkil etilishi belgilandi. Bu shtablarga iqtisodiyot, moliya, mehnat, investisiya, soliq idoralari va bank vakillari biriktiriladi. Ularning ish haqi miqdori erishilgan natijalarga bog`liq bo`ladi. Soliq idoralari tekshiruvchi emas, soliqchiga ko`makchi bo`ladi.

- Statistlar bergan raqamlar bilan shu paytgacha to`g`ri yo`nalish qilib bo`lmadi, xalqimiz manfaat ko`rmadi. Takliflar tumanlardan, odamlarning o`zidan chiqishi kerak. Vazirlar, rahbarlar kabinetda emas, hududlarda, uzoq qishloqlarda ishlashi zarur. Shunday og`ir sharoitda fidoyi bo`lmagan rahbar - xiyonatchi. Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar. Davlat idorasi vakili xalqqa qancha yaqin bo`lsa, joylarda shuncha natija bo`ladi, adolat mezoni ta`minlanadi, - deya ta`kidladi Prezident.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1