AsosiyDunyo

Putin Rossiya sog`liqni saqlash vaziriga koronavirusning ikkinchi to`lqiniga tayyor turishni ta`kidladi

'Putin Rossiya sog`liqni saqlash vaziriga koronavirusning ikkinchi to`lqiniga tayyor turishni ta`kidladi'ning rasmi

Kuzda Rossiyada koronavirus infeksiyasining ikkinchi to`lqini bashorat qilinmoqda. Prezident Vladimir Putin Sog`liqni saqlash vazirligini 2020 yil oktyabr-noyabr oylarida ehtimoli kutilayotgan ikkinchi koronavirus to`lqiniga tayyor bo`lishga chaqirdi. Bu haqda rbs.ru xabar berdi.

Malakat prezidenti Sog`liqni saqlash vazirligiga ayni paytda davolanayotgan bemorlarni uylariga kuzatgandan so`ng kuz oylarida qo`zg`ashi mumkin bo`lgan holatga puxta tayyorgarlik ko`rishni topshirdi.

 "Koronavirusning ikkinchi to`lqiniga tayyorgarlik ko`rishimiz kerakligi bilan bir qatorda, biz hali-hanuz yashayotgan cheklovlar rejimidan asta-sekin chiqib ketish haqida o`ylashimiz kerak", dedi Putin.

Eslatib o`tamiz, 22 may kungi holatga ko`ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 326 448 kishi chalindi. Zararlanganlardan 99 825 kishi shifo topgan bo`lsa, 3 249 nafar bemor vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar