AsosiyJamiyat

Qidiruvdagi o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga olindi

Firibgarlik jinoyatini sodir etgan fuqaro O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

'Qidiruvdagi o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga olindi'ning rasmi

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan fuqaro Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olindi hamda O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan hamda Toshkent shahar IIBB tomonidan qidiruvga berilgan fuqaro Y.D Istanbul shahrida qo‘lga olingan hamda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Vazirlik, shuningdek, ushbu shaxsning noqonuniy harakatlaridan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini so‘ragan. 

    Boshqa yangiliklar