Ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida temir to‘siqqa borib urilgani aks etgan video tarqaldi.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, holat joriy yilning 19 iyun kuni tonggi soat 5:40 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 116-kilometrida sodir bo‘lgan.
Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib to‘qnashgan.
Oqibatda ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Yutong rusumli transport vositasi Lacetti'ga borib to‘qnashgan.
YTH oqibatida Lacetti'da yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1 nafar yo‘lovchi tan jarohatlar olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.