AsosiyJamiyat

O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" tezkor gidrometeorologik axborotni e’lon qildi.

'O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 2-5 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda "O‘zgidromet" xabar berdi.

2 iyul kuni respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 3-5 iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/sgacha, 3-5 iyulda ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar