1

Yana 8 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

Salomatlik 22.05.2020, 23:14
Yana 8 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

2020 YIL 22 MAY SOAT 23:00 HOLATIGA:  O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3036 (+8) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining  

6 nafari Navoiy viloyatida,  

1 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan bo`lib, infeksiya yuqtirgan yana  

1 nafar fuqaro esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi.  

Kasalligi qayd etilganlarning 7 nafari aholi orasidan aniqlandi.  

Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo`lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat`iy karantinga olingan.

O`zbekistonda ayni paytda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar uzalgan va mamlakatimizda davolanish ko`rsatkichi 82 foizni tashkil qilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1