1

Toshkentda 5 yashar bolakay koronavirusni engdi

Jamiyat 23.05.2020, 16:01
Toshkentda 5 yashar bolakay koronavirusni engdi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog`aydi va reabilitasiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.

️ Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog`ayganlarning 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, tuzalganlarning 10 nafari Toshkent viloyatidan, 3 nafari Surxondaryo viloyatidan, 2 nafardan Toshkent shahri va Samarqand viloyatidan. Bemorlardan 10 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog`ayganlarning 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 12 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, tuzalganlarning 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafardan Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan, 1 nafardan Farg`ona, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon viloyatlaridan hamda 1 nafari Tojikiston Respublikasidan. Bemorlardan 12 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 2019 yilda tug`ilgan.

️Toshkent shahrida shu paytga qadar 873 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 906 nafarga etdi.  

️Shunday qilib, mamlakatimiz bo`ylab koronavirus  infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar soni 2525 nafarni tashkil etmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1