1

Yangi gastronomik loyiha: Taniqli o`zbek oshpazi taom tayyorlashni onlayn o`rgatadi

Madaniyat 23.05.2020, 22:19
Yangi gastronomik loyiha: Taniqli o`zbek oshpazi taom tayyorlashni onlayn o`rgatadi

O`zbekiston gastronomiyasiga qiziqishni qo`llab-quvvatlash va uni yanada ommalashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi o`zbek oshxonasi oshpazlik san`atining boyligi va rang-barangligini aks ettiruvchi yangi gastronomik loyihani tashkil etdi. Loyiha asosini noyob o`zbek taomlarini tayyorlash bo`yicha videosaboqlar tashkil etdi. 

Loyihaga ko`ra, taniqli o`zbek oshpazi hamda restoratori Bahriddin Chustiy 22 maydan boshlab 5 kun davomida Online-tourism.uz va Uzbekistan.travel saytlarida noyob taomlarni tayyorlashga oid mahorat darslarini namoyish etadi. 

Qayd etilishicha, bu O`zbekistonda onlayn turizmni rivojlantirish yo`lidagi birinchi qadam bo`ldi. 

"Onlayn tayyorlanadigan taomlar reseptini hatto ba`zi mahalliy aholi vakillari ham bilmaydi, shunga qaramay, ularni uy sharoitida tayyorlash juda oson" deyiladi xabarda. 

22 may kuni namoyish etilgan ilk onlayn mahorat darsida Xorazm oshxonasining qadimiy taomi hisoblangan Shivit oshi tayyorlandi. Uni quyida tomosha qilish mumkin. 

<iframe width="850" height="450" src="https://www.youtube.com/embed/ea2zy3jlohY" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1