AsosiyJamiyat

Yong`inda jabrlanganlar yo`q

IIV YoXBB vakilining bergan ma`lumotlariga ko`ra, kecha yuz bergan kuchli yong`in daladagi yuqori bosimdagi gaz quvuridan gaz sizib chiqqani oqibatida sodir bo`lib, voqea atrofida hech kim bo`lmagan. 

Tez yordam xizmati esa trevoga sababli voqea joyiga tashrif buyurgan. Voqea oqibatida halok bo`lganlar va jabrlanganlar yo`q.

Ta`kidlash joizki, yong`in bir necha kilometr masofadan ham yaqqol ko`rinib turgan. 

Hozircha mazkur hodisa haqida hech qaerda rasmiy xabar berilgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar