AsosiyJamiyat

Mustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish kuni ko`chirildi

2015 yil 25 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to`rt yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko`chirish to`g`risida”gi qarorga imzo chekdi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to`rt yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida 29 avgust shanba dam olish kuni 31 avgust dushanba kuniga ko`chirildi.

29 avgust shanba kuni ish kuni deb e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar