1

Karantindan so`ng O`zbekiston Italiya bilan dzyudo va sport tibbiyoti bo`yicha hamkorlik qiladi

Sport 24.05.2020, 18:20
Karantindan so`ng O`zbekiston Italiya bilan dzyudo va sport tibbiyoti bo`yicha hamkorlik qiladi

O`zbekiston dzyudo federasiyasi va Italiya dzyudo, karate, kurash va jang san`atlari federasiyasi (Federazione Italiana Judo, Lotta, karate, Arti Marziali - FILJKAM) dzyudo mashg`ulotlari va sport tibbiyotida tajriba almashish borasida hamkorlik qilish uchun yangi bitimni imzoladi. Bu hada Milliy olimpiya qo`mitasi xabar berdi.

Pandemiya tufayli hujjat uzoq masofadan turib onlayn tarzda imzolandi. Ushbu hamkorlikni o`rnatish tashabbusi O`zbekistonning Rimdagi elchixonasi tomonidan Italiya Kurash federasiyasining prezidenti bo`lgan Kampaniya va Molize (Italiya) mintaqalaridagi Faxriy konsuli Vittorio Georgi ko`magida ilgari surilgan.

Shunday qilib, 2019 yil dekabr oyida O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi vise-prezidenti, O`zbekiston dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Komilov tomonida Italiyaga tashrif uyushtirilgan edi. U FILJKAM prezidenti Domeniko Falkone, tashkilot bosh kotibi Massimiliano Benuchchi, texnik direktor Kioshi Murakami bilan uchrashgan. FIJLKAM Olimpiya majmuasiga tashrif chog`ida O`zbekiston delegasiyasi sportchilarni tayyorlash jarayoni va mashg`ulot zallari bilan batafsil tanishgan edilar.

O`tgan vaqt davomida ikki federasiya rahbarlari va mutaxassislari o`zaro hamkorlik yo`nalishlarini rivojlantirish bo`yicha qator onlayn uchrashuvlar va muzokaralar o`tkazdi.

Natijada quyidagi yo`nalishlar bo`yicha hamkorlik to`g`risida bitimlar imzolangan: o`qituvchilar, sudyalar va tibbiyot xodimlarining o`zaro sayohatlarini tashkil etish orqali bilim va tajriba almashish, maxsus mashg`ulotlar, kurslar, seminarlar, simpoziumlar,ilmiy tadqiqotlar, qo`shma sport tadbirlari va treninglar o`tkazish hamda sport tibbiyoti sohasida mutaxassislar tayyorlash. 

Tomonlar kelishuvining amalda  bajarilishi O`zbekiston va Italiyadagi karantin cheklovlari yumshatilishi bilan boshlanadi. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1