AsosiyJamiyat

"Siz eng muhim qadamlarni boshlash arafasidasiz" Sherzod Shermatov maktab bitiruvchilariga murojaat qildi

'"Siz eng muhim qadamlarni boshlash arafasidasiz" Sherzod Shermatov maktab bitiruvchilariga murojaat qildi'ning rasmi

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov maktab bitiruvchilariga murojaat qildi:

"Hurmatli maktab bitiruvchilari!

Siz hayotingizda eng muhim qadamlarni boshlash arafasidasiz. Shu vaqtgacha qadrdon maktabdagi ustozlaringiz va do`stlaringiz bilan o`tkazgan kundalik turmush tarzingiz o`rniga yangi hayot, ajoyib taassurotlar va tajribalar olamiga safaringiz boshlanmoqda.

Hozirda ko`pchiligingiz asosiy vaqtingizni oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlikka qaratmoqdasiz. Sizlar uchun yaqinda «Online-maktab» kanallarimizda Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda test topshirishga tayyorgarlik va o`ziga xos onlayn-repetitorlik saboqlarini boshlaymiz.

Orangizda ishga kirib yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlab, ro`zg`orga o`z hissasini qo`shish harakatida yurganlar ham talaygina. Ular qo`shimcha kasb o`rganish uchun kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga o`qishga ham borishi mumkin.

Yoshlarimizga qo`shimcha yordam sifatida yozda «online-maktab» kanallarida ingliz tilini o`rganish uchun qiziqarli filmlar va ko`rsatuvlarni hamda onlayn platformalar orqali daromad topishni o`rgatishga qaratilgan videodarslarni efirga berib borish ustida ishlayapmiz.

Inson muvaffaqiyatining ko`pi bilan 10 foizi omadga va tashqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan o`ziga bog`liq ekanligi uchun yuqori maqsadlar qo`yib, o`z kuchingizga ishonib tinmay harakat qilishingiz zarur!

Eng asosiysi, vaqtingizni behuda o`tkazmang! Vaqt - hayotingizdagi eng qimmatbaho resurs hisoblanadi. Vaqtingizni doim o`zingiz, oilangiz va jamiyatga foyda keltirish uchun sarf qiling hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga o`z hissangizni qo`shing!

Mustaqil hayotga qadam qo`yishni boshlar ekansiz, sizning kelgusi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman!" — deiyladi vazir murojaatida.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda “So`nggi qo`ng`iroq” bugun, 25 may kuni soat 08:30 da onlayn boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar