Yagona portalda "O`ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining gazni hisobga olish priborini o`rnatish, shuningdek gazni hisobga olish priborini echib olish uchun ariza yuborish imkoniyatini beruvchi yangi xizmatlari ishga tushirildi.
Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun Yagona portalda maxsus elektron shakldagi ariza to`ldirilishi lozim.
Xizmat natijasi bo`lib tuman (shahar) gaz ta`minoti tashkiloti mutaxassisining arizada ko`rsatilgan manzilga borish kuni va vaqti haqida arizachiga ma`lumot taqdim etish hisoblanadi.





