AsosiyDunyo

Evropa mamlakatlari turistlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda

'Evropa mamlakatlari turistlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda'ning rasmi

Masalan, Ispaniyadagi epidemiologik vaziyat 8 iyundan boshlanuvchi haftada futbol bo`yicha milliy chempionatni boshlash, yozda esa chet ellik sayyohlarni qabul qilish imkoniyatini beradi. Bu haqda Bosh vazir Pedro Sanches e`lon qildi.

La Liga rahbariyati yaqin kunlarda mart oyidagi pandemiya tufayli to`xtatilgan o`yinlar jadvalini kelishib olishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir restoran, mehmonxonalar va plyajlarni sayyohlik mavsumining ochilishiga tayyorlashga chaqirdi.

«Ispaniya har yili 80 milliondan ortiq mehmonni qabul qiladi. Men iyul oyidan boshlab chet ellik turistlar mamlakatga xavfsiz kelishlari mumkinligini e`lon qilaman. Chet ellik turistlar bizning mamlakatda ta`til o`tkazishni rejalashtirishlari mumkin», - dedi u. 

Italiya 3 iyundan boshlab rasmiy ravishda Evropa Ittifoqidan turistlarni qabul qilishga tayyor. Mamlakatda muzeylar ishlay boshladi. Payshanba kuni «Kolizey» ochiladi, undan keyin Florensiyadagi «Uffizi» galereyasi ochiladi. 1 iyundan boshlab chiptalarini bron qilganlar Vatikan muzeylariga tashrif buyurishlari mumkin.

Gresiya ham turistlar oqimiga tayyorlanmoqda. Endi epidemiologik sharoitlari yaxshi bo`lgan mamlakatlardan turistlar bu mamlakatga koronavirus sinovlari va karantinsiz kelishlari mumkin.

Xorvatiya hukumati sayyohlar uchun chegarani 15 iyundan keyin ochadi.

Fransiya hukumati ichki turizmning ahamiyatini ta`kidlamoqda. Bosh vazir Eduard Filipp kelasi hafta turizm sohasidagi rejalarni taqdim etishga va`da berdi.

Germaniyada karantin choralari asta-sekin engillashmoqda. Kansler Angela Merkel mamlakat fuqarolarini o`ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga chaqirdi.

Evropada 2 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirish hollari qayd etilgan va taxminan 170 ming kishi vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar