1

“Uzbekistan Airways” xorijiy kompaniya boshqaruviga beriladi, 4 ta xalqaro aeroport tenderga qo`yiladi

Siyosat 25.05.2020, 20:15
“Uzbekistan Airways” xorijiy kompaniya boshqaruviga beriladi, 4 ta xalqaro aeroport tenderga qo`yiladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta`minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.

Koronavirus pandemiyasi oqibatida butun dunyoda transport aloqalari deyarli to`xtab qoldi. Sohadagi kompaniyalar bundan jiddiy zarar ko`rmoqda. Masalan, birgina aviasiya tarmog`ida joriy yil yakunigacha dunyo buyicha 113 milliard dollar yo`qotilishi taxmin qilinmoqda.

Mamlakatimiz transport korxonalari karantin cheklovlari sababli hozirgacha 340 milliard so`m zarar ko`rgan. Epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha bu raqamlar yana oshishi aniq.

Shu bois, sohada pandemiyaning ta`sirini yumshatish, korxonalarni iqtisodiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha qator choralar ko`rilmoqda. Masalan, karantindan eng ko`p zarar ko`radigan “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatlarining 122 million dollar kreditlari to`lov muddatlari uzaytirildi, 60 milliard so`mlik soliq imtiyozlari taqdim etildi. Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasidan 50 million dollar miqdorida aylanma mablag` sifatida foizsiz ssudalar ajratildi.

Transport vazirligiga “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatlarini pandemiya ta`siridan olib chiqish bo`yicha biznes model ishlab chiqish vazifasi qo`yildi.

Evropa-Xitoy yo`nalishida yuk tashish bozoriga kirish orqali qo`shimcha daromad olish, joriy va investisiyaviy xarajatlarni optimallashtirish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviasiyasi bozoriga yangi tashuvchilarni jalb qilish, “Uzbekistan Airways”ni nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi ko`rib chiqildi.

Aeroportlarni modernizasiya qilish, Andijon, Buxoro, Urganch va Qarshi xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklikka berish bo`yicha tender e`lon qilinishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1