1

Koronavirus hashoratlar orqali yuqishi mumkinmi?

Salomatlik 26.05.2020, 16:19
Koronavirus hashoratlar orqali yuqishi mumkinmi?

Koronavirus hashoratlar orqali yuqishi mumkinmi?

Ushbu savolga Sog`liqni saqlash vazirligi, AOKA,  O`zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikdagi telegram kanali orqali  javob berildi. 

hamkorligida tashkil qilindi. 

Koronavirus — nafas yo`li virusi hisoblanib, asosan havo tomchilari orqali yuqadi. Hashoratlarning virus tashuvchiligi ehtimoli kam.

Boshqa kasalliklarning oldini olish uchun (dizenteriya, gijja, ich terlama, vabo) chivin va boshqa hashoratlarning oziq-ovqat mahsulotlariga qo`nishiga yo`l qo`ymaslik kerak.

 Meva va sabzavotlarni iste`mol qilishdan avval albatta yuving, ovqatlanish xonalarini tez-tez tozalang va yuzalarni dezinfeksiya qiling.

Toza idishlardan foydalanishga, taom tayyorlash va tanovul qilishdan avval qo`llarni yuvishga alohida e`tibor qarating.

 Yuvinish xonasi va hojatxonani yaxshilab dezinfeksiya qilishni, shuningdek, hojatxonaga kirgandan so`ng qo`lingizni yuvishni unutmang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1