Toshkent shahar hokimining O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yilligi bayrami tantanalarini o`tkazish vaqtida yo`llarda harakatlanish xavfsizligini ta`minlash maqsadida imzolangan farmoyishiga asosan 31 avgust va 1 sentyabr kunlari quyidagi ko`chalarda barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi:
31 avgust kuni soat 15.00 dan 23.00 gacha:
“Bunyodkor” ko`chasining Muqimiy ko`chasidan “Qoratosh” ko`chasigacha bo`lgan qismi;
“Qoratosh” ko`chasining “Samarqand darboza” ko`chasidan “Bunyodkor” ko`chasigacha bo`lgan qismi;
“O`zbekiston” ko`chasi – “Bunyodkor” ko`chasidan “Olmazor” ko`chasigacha bo`lgan qismi;
Bobur ko`chasi – “O`rikzor” ko`chasidan “Sharshara” ko`chasigacha bo`lgan qismi;
“Beshyog`och” ko`chasi – “O`zbekiston” ko`chasidan Furqat ko`chasigacha bo`lgan qismi;
Furqat ko`chasi – “Sharshara ko`chasidan” Alisher Navoiy ko`chasigacha bo`lgan qismi;
“Olmazor” ko`chasi – “O`zbekiston” ko`chasidan “Beshyog`och” ko`chasigacha bo`lgan qismi;
“Sebzor” ko`chasi tonnelga kirish yo`lidan;
“Zarqaynar” ko`chasi tonnelga kirish yo`lidan.
2015 yil 31 avgust kuni soat 15.00 dan 23.00 gacha “Milliy bog`” va “Bunyodkor” metro bekatlarining “Istiqlol” san`at saroyi joylashgan tomoni vaqtinchalik yopib qo`yiladi.
Shuningdek, 2015 yilning 1 sentyabr kuni bayram tadbirlari o`tkaziladigan Markaziy zobitlar uyi, Toshkent Hayvonot bog`i, “O`zbekiston Davlat Sirki”, “Baxt diyor” guzari oldidagi maydonlarga va G`ofur G`ulom, Mirzo Ulug`bek, Bobur, Furqat nomidagi hamda “Lokomotiv”, “Suvchi” dahasidagi “Quyoshcha nuri” nomidagi madaniyat va istirohat bog`lariga tutash ko`chalarda xalq sayllari vaqtida vaziyatga qarab transport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanishi mumkin.
Sharoit taqozo etganda, boshqa ko`chalarda ham qisqa muddatga transport vositalari harakati to`xtatilishi mumkinligi belgilandi.
Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Farmoyishda “Toshshahartransxizmat” AKga barcha turdagi transport vositalari harakati cheklangan ko`chalarni aylanib o`tish uchun jamoat transportining harakat yo`nalishiga vaqtinchalik o`zgartirishlar kiritish, xalq sayllari yakunlanganidan so`ng, shaharning markazi orqali o`tuvchi jamoat transporti yo`nalishlaridagi transportlar sonini oshirish topshirig`i berilgan.





