AsosiySiyosat

10 kun ichida 10 mingdan ziyod kishi O`zbekistonga qaytarib olib kelinadi

'10 kun ichida 10 mingdan ziyod kishi O`zbekistonga qaytarib olib kelinadi'ning rasmi

O`zbekistonga xorijiy mamlakatlardan og`ir ahvolda qolgan 10 mingdan ortiq fuqaroni qaytarib olib kelish choralarini ko`rilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev 26 may kuni bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishida ma`lum qildi.

O`zbekiston Respublikasi prezidenti investisiya masalalari muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida mamlakatda koronavirus pandemiyasiga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida to`xtalib o`tildi.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonda qayd etilayotgan kasallanish holatlarining yarmi xorijdan kelayotganlar bilan bog`liq.

«Bugungacha chet eldan olib kelingan fuqarolarimiz soni 47 ming nafarni tashkil qilmoqda. Afsuski, ularning, ayniqsa keyingi ikki hafta davomida kirib kelganlarning aksariyatida koronavirus aniqlangan.

Bemorlarning qariyb 50 foizini xorijdan kelgan fuqarolar tashkil etadi.

Keyingi 10 kunda 3,5 ming odam havo yo`llari, 7 mingga yaqin vatandoshimiz chegara postlari orqali yurtimizga kirib kelishi kutilyapti. Bunga qo`shimcha yana 100 ming nafardan ortig`i O`zbekistonga qaytish istagini bildirib, navbat kutmoqda. 

Fuqarolarimiz qaytib kelayotgan davlatlar hamda qo`shni mamlakatlardagi vaziyatning og`irligini hisobga olib, xotirjamlikka berilish mumkin emas», degan davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar