4 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezident yangi tahrirdagi «Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida»gi Qonunga imzo chekdi, bu haqda UzDaily nashri xabar bermoqda.
Qonun 24 iyul kuni «Sog`lom bola yili» davlat dasturi ijrosini ta`minlash doirasida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 6 avgustda Senat tomonidan ma`qullangan edi.
Qonun aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy va har tomonlama etuk yoshlarni tarbiyalash, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish, zamonaviy va samarali sport infratuzilmasini yaratish uchun imkon yaratadi.





