Davlat statistika qo`mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 26 may kuni kuzatuv o`tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini aniqladi:
Mol go`shti (suyaksiz go`shtidan tashqari) 37 000 so`mdan 65 000 so`mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko`ra, 1 kg mol go`shtining (suyaksiz go`shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (37 000 so`m). Mol go`shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (65 000 so`m).
Qo`y go`shti 39 000 so`mdan 75 000 so`mgacha (kg)
Qo`y go`shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko`ra, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so`m) ro`yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (75 000 so`m) kuzatildi.
Kartoshka 1 500 so`mdan 7 000 so`mgacha (kg)
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko`ra, kartoshkaning minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da qayd etilgan (1 500 so`m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (7 000 so`m) qayd etildi.
Piyoz 500 so`mdan 3 000 so`mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko`ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (500 so`m) ro`yxatga olindi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi (3 000 so`m).
Sabzi 1 000 so`mdan 5 000 so`mgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko`ra, Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori»i, Termiz sh. «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» va «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», Farg`ona shahrining «Markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da (1 000 so`m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (5 000 so`m) kuzatildi.
Tuxum 6 000 so`mdan 13 000 so`mgacha (10 dona)
Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko`ra minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da qayd etildi (6 000 so`m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (13 000 so`m).
Guruch 4 000 so`mdan 18 000 so`mgacha (kg)
Kuzatuv natijalariga ko`ra, guruch mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» (mahalliy etishtiriladigan guruch) va Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da ro`yxatga olingan («Mustaqillik» navli mahalliy guruch 4 000 so`m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so`m).
O`simlik yog`i 8 400 so`mdan 14 500 so`mgacha (litr)
O`simlik yog`i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko`ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog`i 8 400 so`m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (kungaboqar yog`i 14 500 so`m) kuzatildi.
Shakar 5 500 so`mdan 7 000 so`mgacha (kg)
Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko`ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo`va dehqon bozori» va «Qo`yliq dehqon bozori»da (5 500 so`m) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (7 000 so`m) kuzatildi.






