1

Prezident barcha rahbarlarni raqobat asoslari va komplaens bo`yicha o`qitish muhimligini ta`kidladi

Siyosat 28.05.2020, 21:42
Prezident barcha rahbarlarni raqobat asoslari va komplaens bo`yicha o`qitish muhimligini ta`kidladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 may kuni iqtisodiyotda raqobat muhitini ta`minlash va iste`molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi.

Unda davlat ishtirokidagi korxonalarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish, Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan barcha rahbarlarni raqobat asoslari va komplaens bo`yicha o`qitish muhimligi ta`kidlandi.

– Qachon raqobatga tayyor bo`lamiz? Soha va tarmoqlarimiz tayyor bo`lsa. Sohalar qachon tayyor bo`ladi? Mutaxassislar bo`lsa. Eng zaif joyimiz: malakali mutaxassislar etishmaydi, texnologiya yo`q, standartlar yo`q. Shuning uchun bu sohani deyarli boshidan boshlashimiz kerak, – dedi Prezident.

Raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligi ta`kidlandi. Oliy ta`lim tizimida raqobatni rivojlantirish yo`nalishi bo`yicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi o`qish shaklini ochish, yangi fan joriy qilish va ushbu maqsadlar uchun akademik soatlar ajratish bo`yicha ko`rsatma berildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida monopol korxonalarning rahbarlari va hokimlar uchun raqobatni rivojlantirish yo`nalishi bo`yicha qisqa muddatli o`quv kurslarini tashkil etib, o`quv jarayoniga halqaro moliya tashkilotlaridan ekspert va professor-o`qituvchilarni jalb qilish vazifasi qo`yildi.

Raqobat sohasiga oid nizolarning malakali ko`rib chiqilishini ta`minlash maqsadida Toshkent yuridik universitetida shu yo`nalish bo`yicha sudyalar malakasi oshirish, sudyalarni ushbu yo`nalishda ixtisoslashtirish va alohida sud kollegiyasini tashkil etish muhimligi ta`kidlandi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1