Toshkent shahar hokimining 2015 yil 8 sentyabrda“2015-2016 yillar qish mavsumini betalofat o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish ishlarini yakunlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 159-F sonli farmoyishi qabul qilindi.
Ushbu farmoyish asosida Toshkent shahrida ko`p qavatli uy-joylarni va ijtimoiy soha ob`ektlarini qish mavsumiga tayyorlash ishlarini yakunlash hamda hududlarning sanitar holatini yaxshilash va xazonrezgi mavsumiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha joriy yil 10 sentyabrdan 10 oktyabrgacha safarbarlik e`lon qilindi.
Bunda har bir mahallada okrug rahbari, mahalla oqsoqoli, tegishli XUJMSh va ijtimoiy soha ob`ektlari rahbarlari, kommunal xizmat ko`rsatish korxonalari vakillari hamkorligida guruhlar tuzilib, ko`p qavatli uy-joy fondi hamda ijtimoiy soha ob`ektlari holati yana bir marotaba o`rganilib, aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar asosida aniqlangan kamchilik va muammolarni joriy yilning 10 oktyabrga qadar yakunlash belgilandi. Ko`p qavatli uy-joylarning tom va erto`la qismlari, kirish yo`laklari holati, ijtimoiy soha muassasalarida issiqlikni saqlash bo`yicha ahvol jamoatchilik komissiyalari tomonidan joyida ko`rib chiqilib, jamoatchilik dalolatnomalari rasmiylashtiriladi.
Kommunal xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar va tuman hokimliklari tomonidan yuzaga kelgan avariyaviy uzilishlarni tezkor bartaraf etish uchun jalb qilinadigan brigadalar zarur transport vositalari, mexanizm va jihozlar, hamda zahira materiallari bilan ta`minlanadi.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun “1055” raqamli markaziy dispetcherlik xizmatiga yoki tuman hokimliklarida tashkil etilgan :
Bektemir tumani - 295-25-20, 295-02-88;
Mirobod tumani – 233-48-67;
Mirzo Ulug`bek tumani – 268-02-54, 268-34-50;
Olmazor tumani – 227-12-28;
Sergeli tumani – 251-58-67;
Uchtepa tumani – 274-16-76, 274-16-79;
Chilonzor tumani – 273-84-60, 273-84-82;
Shayxontohur tumani – 242-71-97, 241-91-32;
Yunusobod tumani – 234-74-65;
Yakkasaroy tumani – 255-74-07;
Yashnobod tumani – 291-05-06 tuman shtablariga murojaat etishingizni so`raymiz.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, qish mavsumining betalofat o`tishida iste`molchilarning ko`rsatilgan xizmatlar haqini o`z vaqtida to`lashlari muhim ahamiyatga egaligi ta`kidlab o`tildi.





