AsosiyJamiyat

6 nafar og`ir bemor bolalar Koreya Respublikasining nufuzli klinikalarida sog`lomlashtirish uchun jo`nab ketadi

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi uzoq yillardan beri Koreya Respublikasining bir qancha xalqaro tashkilotlari va Universitetlari bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirib keladi.

Shunday yaqin hamkorlari bular: “JCI-Korea” va Cha Universiteti qoshidagi Pundan Cha Gospitali hisoblanadi. Cha Universiteti qoshidagi Pundan Cha Gospitali shifokorlari 2015 yilning 20 may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida jami 46 nafar tug`ma yurak nuqsoni tashxisli bemor bolalarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazishdi.

Joriy yilgi tibbiy ko`rik natijalariga ko`ra, og`ir deb topilgan bemor bolalarning 6 nafari 2015 yilning 11 sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportidan Koreya Respublikasining nufuzli klinikalarida sog`lomlashtirish uchun kuzatuvchilar bilan birgalikda jo`nab ketadi. Ushbu bolalar 2015 yilning 24 sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Koreya Respublikasidan sog`lomlashtirilib yurtimizga qaytib kelishadi.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tish joizki, 2010-2014 yillarda hamkorlik doirasida “JCI-Korea” xalqaro yoshlar tashkiloti homiyligida 29 nafar bolalar sog`lomlashtirildi.

 

    Boshqa yangiliklar