O`zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan moddiy-texnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa texnika vositalariga, shu jumladan, tibbiyot anjomlariga bo`lgan minimal talablarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi hujjat muhokamasi qo`yildi.
Hujjat loyihasi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim qilinib, 2015 yilning 22 sentyabrida o`z nihoyasiga etadi.
Hujjatga muvofiq, tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va turini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan moddiy-texnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa texnika vositalariga, shu jumladan, tibbiyot anjomlariga bo`lgan minimal talablarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqidagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 martdagi 92-son “Tibbiy faoliyatni lisenziyalash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur buyruq rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.





