Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi.
Qaror bilan "yashil" hududlarda "sariq" hududlarga qo`shimcha ravishda:
➖ sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyati (xostellar bundan mustasno);
➖ sport seksiyalari, to`garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;
➖ oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazish.
Bunda oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o`zida 30 kishidan ko`p bo`lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiena talablariga qat`iy rioya etgan holda o`tkazishga ruxsat beriladi.
O`z navbatida karantin davrida oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma`muriy javobgarlikka tortiladi.
Shuningdek, "yashil" hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni markazlashtirilgan tartibda tashish uchun viloyatlararo avtobuslar, shu jumladan turistik tashkilotlar avtobuslari qatnovini yo`lga qo`yishga RUXSAT BERILDI. Bunda:
*avtobuslarda haydovchi va yo`lovchilar tibbiy niqob, tibbiy qo`lqopda bo`lishi lozimligi, shuningdek, ularning tana harorati pirometrlarda o`lchanib, 37ºS va undan yuqori bo`lgan holatda ularning avtobus saloniga chiqarilmasligi;
* avtobuslar viloyatlaro qatnovlarda "qizil" hududlarda to`xtamagan holda harakatlanadi;
*avtobuslar doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin to`liq dezinfeksiyadan o`tkaziladi;
*avtobuslarda harakatlanayotgan yo`lovchilarning reyslar kesimidagi ro`yxati (bazasi) yuritiladi.
Shu bilan birga futbol bo`yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko`rish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublariga o`z o`quv mashg`ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashga hamda
2020 yil 5 iyundan boshlab O`zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini TOMOShABINLAR IShTIROKISIZ davom ettirishga ruxsat berildi