1

Suzish orqali koronavirusni yo`qotish mumkin

Sport 30.05.2020, 10:22
Suzish orqali koronavirusni yo`qotish mumkin

Bugun butun dunyoda koronavirusga qarshi samarali kurashish yo`lida izlanishlar olib borilmoqda va turli-tuman echimlar taklif qilinmoqda. Virusga qarshi kurashdagi muqobil variantlardan biri — suzishdir.

— Xitoyda COVID-19ga qarshi kurash vositalarini aniqlash maqsadida o`tkazilgan tadqiqodda suzish bo`yicha 3 karra olimpiada, 11 marta jahon chempioni bo`lgan 28 yoshli Sun Yan ko`ngillilar safida qatnashdi, — deydi mental genetika bo`yicha mutaxassis Elena Sharafutdinova. — Tadqiqot oldidan virus yuqori harorat, suvdagi xlor, qonda kislorod miqdori oshishidan “qo`rqishi” inobatga olindi.  

Shundan keyin tadqiqod boshlandi. Sun Yanga biror kor-hol sodir bo`lgudek bo`lsa, unga qahramonlik unvoni berilishi, oilasi uch avlodgacha ta`minlanishi va`da qilindi. Shunday qilib, mashg`ulot davrida ko`ngilli chempionga virusli in`eksiya amalga oshirildi. Shunga qaramay tekshiruvlarda uning butunlay sog`lomligi tasdiqlandi, uning qonida koronavirus topilmadi. Sportchining birgina shikoyati quvvatsizlik va holdan toyishni his qilganidir. Biroq doktorlar buni psixologik holat, adrenalin oshishi bilan izohlashmoqda.

Shundan kelib chiqib mutaxassislar intensiv suzish orqali koronavirusdan saqlanish mumkinligini ta`kidlashgan.  Bunda yurak qisqarishi chastotasini oshirish, 45 daqiqadan ko`proq shug`ullanish, chuqur nafar olish tavsiya qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1