AsosiyJamiyat

Quvasoy shahar Obodonlashtirish boshqarmasidagi talon-torojliklar fosh etildi

'Quvasoy shahar Obodonlashtirish boshqarmasidagi talon-torojliklar fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Quvasoy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari “SH-T.” MChJ rahbarlari bilan oldindan til biriktirib, juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bermoqda. 

Xususan, ushbu mansabdorlar tumandagi Qo`chqorchi, Namuna, Lashkar hamda Do`stlik MFYlardagi ko`chalarni yoritish uchun 60 dona metall ustun va ularga tungi chiroqlarni o`rnatish bo`yicha aslida o`tkazilmagan tanlovda, “SH-T.” MChJ g`olib bo`lganligi haqida soxta hujjatlarni tuzib, yuqoridagi ko`chalarda 75,5 mln so`mlik metall ustun va tungi yoritish chiroqlari o`rnatilgan bo`lsada, ishlar to`liq bajarilganligi haqida hujjatlarni rasmiylashtirib, jamiyat hisob raqamiga 278,0 mln so`mni o`tkazib, 202,4 mln so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirishgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari hamda “SH-T.” MChJ rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar