1

O`zbekistondagi futbol bo`yicha bosh murabbiylar Superligani qachondan davom ettirishni muhokama qilishdi

Sport 31.05.2020, 13:47
O`zbekistondagi futbol bo`yicha bosh murabbiylar Superligani qachondan davom ettirishni muhokama qilishdi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan professional futbol klublariga mashg`ulot olib borishga hamda  futbol uchrashuvlarini 5 iyundan davom ettirishga ruxsat berilgani haqida xabar qilingandi.

Superliga futbol klublari rahbarlari va bosh murabbiylari bilan onlayn videokonferensiya tashkil qilindi. Unda hozirgi kunda dolzarb bo`lib turgan to`rtta masala muhokama qilindi.

Birinchi masala: Superliga klublari musobaqani qachondan davom ettirishadi?
Bosh murabbiylar bilan o`tkazilgan videokonferensiya yig`ilishida bu borada murabbiylarning fikrlari tinglandi. Ayni damda O`zPFL klublar bosh murabbiylari fikrlarini inobatga olgan holda yakuniy qarorni O`FA bilan kelishgan holda ma`lum qiladi.

Ikkinchi masala: U-21 jamoalari uchrashuvlari
Ushbu jamoalar o`rtasidagi uchrashuvlari odatdagidek, asosiy jamoalar uchrashuvidan bir kun avval o`tkazilishi belgilandi.

Uchinchi masala: U-18 jamoalari uchrashuvlari
U-18 jamoalari o`rtasidagi bahslar markazlashgan tizimda o`tkaziladi. Bu borada taqvim tig`izligi hamda jamoalarning bugungi kundagi moliyaviy imkoniyatlari inobatga olindi. Ushbu musobaqa o`tkazilish tartibi va joyi kabi masalalar ishlab chiqilmoqda va bu haqda keyinroq batafsil xabar beriladi.

To`rtinchi masala: Yozgi transfer oynasi sanasi
Yozgi transfer oynasi avvaldan belgilanganidek o`zgarishsiz qoldi va ushbu jarayon 6 iyuldan 30 iyulgacha davom etadi», - deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1